Angrenda maktab oʻquvchisi bilan janjallashgan yigit vafot etdi
Ayni paytda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan ish ochilgan.

Toshkent viloyatida maktab oʻquvchisi bilan janjallashgan yigit vafot etdi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hodisaga izoh berdi.
Joriy yilning 20 mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2008 yilda tugʻilgan) M. D. 2006 yilda tugʻilgan O. A. bilan oʻzaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.
O. A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sogʻligʻi yomonlashib vafot etgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi jamoasi ushbu kutilmagan voqea natijasida vafot etgan oʻquvchining oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Shu oʻrinda mazkur holat darsdan tashqari, tunggi vaqtda sodir boʻlganligini eslatib oʻtamiz", deyiladi xabarda.