Alisher Xodjayev yangi lavozimga tayinlandi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Xodjayev Alisher Joʻraqulovich Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Xodjayev shu yilning fevral oyi boshida MTRK raisligidan ketgandi.
U 2020 yildan buyon Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan avval u 2005 — 2017 yillar orasida ham Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida (hozirgi MTRK) rais boʻlib ishlagan. 2017fevralda ishdan boʻshatilgan va shu yilning avgustida yana MTRK raisi v.b etib tayinlangan. Bu vaqt oraligʻida Xodjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosarligi lavozimida faoliyat yuritdi.
Xodjayevdan soʻng Abdurashid Joʻraboyev Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raisi etib tayinlangandi.