Sirdaryo hokimi yuzaga kelgan qarzdorlik uchun 3,8 mlrd. soʻm ajratdi
Mablagʻ viloyat byudjetining erkin qoldiqlari hisobidan taqdim etiladi.

Sirdaryoda "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi" qurilishida yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash uchun 3,8 mlrd. soʻm ajratiladi.
Bu haqda hokim Akmaljon Mahmudaliyevning tegishli farmoyishi qabul qilindi. Mablagʻ viloyat byudjeti erkin qoldiq pullari hisobidan "Yagona buyurtmachi" DUKka ajratiladi.
Ajratilgan mablagʻ doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar viloyat hokimligi veb-saytiga joylashtiriladi.
Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi va Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi mablagʻlarning ishlatilishi jarayonini nazoratga oladi va yakuniy tekshiruv oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov hokimlik binosi va zarur xarajatlar uchun 7 mlrd. soʻmdan oshiq mablagʻ ajratgandi.