platina.uz
Jamiyat

Binolardagi mozaikalar madaniy meros roʻyxatiga kiritiladi

Ushbu obʼektlarni Davlat kadastri roʻyxatiga olish choralari ham koʻriladi. 

Binolardagi mozaikalar madaniy meros roʻyxatiga kiritiladi

Respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari roʻyxatiga kiritiladi.

Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Madaniy meros agentligi Kadastr agentligi va hokimliklar bilan ushbu obʼektlarni belgilangan tartibda davlat kadastri roʻyxatiga kiritish choralarini koʻradi.

Bu roʻyxatga kiritilgan obʼektlar mavjud boʻlgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bogʻliq boʻlgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu obʼektlar madaniy qiymatga egaligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kadastr hujjatiga kiritiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid