platina.uz

Shavkat Umrzoqov hokimlik xarajatlari uchun katta pul ajratdi

Elektr toʻlovlari uchun 700 mln. soʻm, tabiiy gaz uchun 400 mln. soʻm,  xizmat avtomobillariga yoqilgʻi uchun 690 mln. soʻm beriladi. 

Jamiyat
26-mart, 11:28
Shavkat Umrzoqov hokimlik xarajatlari uchun katta pul ajratdi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov hokimlik binosi xarajatlari, kommunal, internet toʻlovlari va boshqalar uchun 7 mlrd. 349 mln. soʻmdan oshiq mablagʻ ajratdi. Bugun 26 mart kuni hokimning mazkur masala boʻyicha tegishli qarori eʼlon qilindi.

Qaror ilovasida xarajatlar boʻyicha taqsimot taqdim etilgan. Jumladan, elektr toʻlovlari uchun 700 mln. soʻm, tabiiy gaz uchun 400 mln. soʻm ajratiladi. Qoʻriqlash xizmati xarajatlari uchun 3 mlrd. 265 mln. soʻm beriladi.

Bundan tashqari xizmat avtomobillariga yoqilgʻi quyish uchun 690 mln. soʻm, ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun 150 mln. soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Majlis zallari uchun gilam xarid qilishga 100 mln. soʻm beriladi, maxsus VIP uchun mebellar jamlanmasiga 150 mln. soʻm, liftlarga xizmat koʻrsatish 62 mln., ularni koʻrikdan oʻtkazishga esa 4 mln. soʻm koʻzda tutilgan. Hudud atrofini obodonlashtirish va gul ekishga 80 mln. soʻm, sanitariya, gigiyena va tozalash vositalari uchun 70 mln. soʻm, suvenir va esdalik sovgʻalari uchun 34 mln. soʻm, guldastalar uchun 60 mln. soʻm, audioselektor xizmatiga 62 mln. soʻm ajratiladi.

Avvalroq Umrzoqov IIBB uchun yer, shuningdek, toshqinlarga qarshi ham mablagʻ ajratgandi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+