platina.uz
Jamiyat

Endi maktablar va piyodalar oʻtish joylariga ham kameralar oʻrnatiladi

Radarlar Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi.

Endi maktablar va piyodalar oʻtish joylariga ham kameralar oʻrnatiladi

2024 yil 1 iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida 4 tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladi.

Bu ishlar Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.

Bunda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video kayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi.

Shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylar YHXX tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishlari hamda yoʻl-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.

Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilayotganda, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilishi hamda yotiq chiziqlar chizilishi, oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qoidabuzarliklarni soat 07:00 dan 19:00 gacha qayd etishi lozim.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid