Teraktda 100 dan ortiq odamni qutqargan odam ozar boʻlib chiqdi
Avval Komil Nesibovni oʻzbekistonlik deya maʼlumot berishgandi.

Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida yuzdan oshiq insonni qutqargan Komil Nesibov ozarbayjonlik boʻlib chiqdi.
Bu haqda xabar bergan Shot Telegram kanali tegishli xabarga oʻzgartirish kiritgan. Avval Komil Nesibov oʻzbekistonlik deb maʼlumot berilgandi.
Ofitsiant Komil Nesibov jabrlanganlarni tez yordam mashinalariga olib chiqqan, 80 ga yaqin odamni chiqish joyiga olib borgan va bir qizni olov ichidan tirik holda chiqishiga sababchi boʻlgandi.
Shuningdek, kelib chiqishi qirgʻizistonlik boʻlgan Islom ismli oʻsmir ham yuzdan oshiq kishini qutqargandi.