platina.uz
Jamiyat

"Salimboy" 6 yilga qamaldi

Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyada oʻtaladi.

"Salimboy" 6 yilga qamaldi

Xalq orasida Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

19 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tumani sudida S.Abduvaliyevga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq S. Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtattirilish belgilandi.

U 2023 yil dekabrda qoʻlga olingan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid