Sumalakning biz bilmagan foydalari
Ushbu taom asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, stressni yengishga yordam beradi va uyquni yaxshilaydi.

Sumalak – bahor kelganidan darakchi va foydali minerallarga boy taom. U bugʻdoy doni koʻkatidan tayyorlanadi.
Koʻp asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil qilingan. Buni bilgan barcha, katta-kichik, sogʻ-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Taom tayyorlanish vaqti ham ancha puxta oʻylangan. Sumalak tayyorlanishi qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga toʻgʻri keladi.
• Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar moʻl boʻladi.
• 1936 yilda bugʻdoy oʻsimtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bugʻdoyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenshen tarkibida uchraydigan E vitaminining oʻzginasi ekanligini isbotlashgan.
• Olimlarning taʼkidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, meʼda-ichak xastaliklariga yaxshi davo boʻlib, qon tarkibini yaxshilab, meʼda-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi.
• Qonni tozalab, jismni tetiklashtirib, kuch-quvvatni oshiradi;
• Asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, stressni yengishga yordam beradi va uyquni yaxshilaydi;
• Organizmga yogʻ va uglevodlar soʻrilishini sekinlashtiradi;
• Qon aylanishini yaxshilaydi va jigarni zaharli moddalardan
himoya qiladi;
• Tanadagi zararli bakteriyalar oʻsishi va rivojlanishining oldini oladi;
• Organizmni 19 dan ortiq aminokislotalar bilan toʻyintirib, limfatik tizimga ijobiy taʼsir koʻrsatadi
Qolaversa, ilmiy tomondan qaragan ushbu taom immun tizimi pasayishi, bahorgi charchoq va holsizlikni oldini oluvchi maxsus eliksirdir.
Ushbu milliy taomning yaratilishi tarixi haqida bir necha rivoyatlar mavjud. Hatto xalq orasida bu shunchalik mashhur taom boʻlganki, nechta qozondan sumalak yeyilgani sanalib, chiqqan toshlar yanagi yilga olib qoʻyilgan. Mana ming yillar oʻtibdiki, xalqimizning sevimli mavsumiy taomlaridan biridir.
Maftuna Yodgorova tayyorladi.