Prezident mahalla tizimi vakillarini taqdirladi

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan yangi farmon eʼlon qilindi. 

Jamiyat
22-mart, 11:48
Prezident mahalla tizimi vakillarini taqdirladi

Prezidentning "Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi. 

Unga koʻra, oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, jamiyatimizda mahallaning oʻrni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish borasidagi katta xizmatlari, koʻp asrlik anʼanalarimizni asrab-avaylash, xalqimiz orasida doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun" quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Ismatova Adibaxon Kosimovna - Izboskan tumanidagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati

«Doʻstlik» ordeni bilan

Begmatov Uchkun Ravshanovich - Paxtachi tumanidagi «Qarnabota» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Samarqand viloyati

Jaketov Amangeldi - Moʻynoq tumanidagi «Uchsoy» ovul fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻraboyev Raximjon - Chortoq tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Namangan viloyati

Ilxomov Muxtar Atxamovich - Uchtepa tumanidagi «Uchtepa» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent shahri

Isayev Oljas Kidirbayevich - Konimex tumanidagi «Uchtepa» ovul fuqarolar yigʻini raisi, Navoiy viloyati

Mengnorova Gulbaxor Temirovna - Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi uchastka ustasi, Surxondaryo viloyati

Namozov Oybek Ismoilovich - Peshku tumanidagi «Asr kimyo invest» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati

Raxmonqulov Djumaboy Tursunqulovich - Boyovut tumanidagi «Navbahor» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Sirdaryo viloyati

Sultonov Anvar - Boʻka tumanidagi «Xoʻjaqoʻrgʻon» mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Toshkent viloyati

Shakirova Aynura Yukosovna - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Fargʻona viloyati

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Bazarova Norjon Bakayevna - Buxoro viloyati «Buvijonlar maktabi» rahbarining oʻrinbosari

Qurbonova Marxabo Ismailovna - Uchqoʻrgʻon tumanidagi «Qoʻgʻay Oʻlmas» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Namangan viloyati

Mirzayeva Gullola Abdusalomovna - Shahrisabz shahridagi «Uymovut» mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi, Qashqadaryo viloyati

Mirzayeva Muhabbat Doropovna - Yunusobod tumanidagi «Minor» mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Toshkent shahri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Norbekov Nuridin Maxmudovich - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi «Jizmon» oilaviy shifokorlik punktining tibbiy brigada feldsheri, Samarqand viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abraxmatov Xusan Qulmatovich - Dehqonobod tumani ichki ishlar boʻlimi «Beshbuloq» mahalla fuqarolar yigʻinidagi profilaktika katta inspektori, Qashqadaryo viloyati

«Jasorat» medali bilan

Abdullayev Javlonbek Abduqayum oʻgʻli - Kosonsoy tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish boʻyicha mutaxassisi, Namangan viloyati

Ismoilova Mahbuba Botirovna - Mirzaobod tumanidagi «Dilbar ona» xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Usmonova Nodiraxon Toʻlanboyevna - «Hunarmand» uyushmasining Fargʻona viloyati boshqarmasi aʼzosi, kashtachi

«Sogʻlom turmush» medali bilan

Israilova Tabasumxon Kamilovna - Andijon shahridagi «Barkamol» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Andijon viloyati

Seytjanova Baxargul Abatbayevna - Taxtakoʻpir tumanidagi «Maqpalkoʻl» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Tagayeva Laylo Navruzovna - Zafarobod tumanidagi «Choʻliguliston» qishloq fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Mirzayev Sarvarbek Anvar oʻgʻli - Chinoz tumanidagi «Birlik» mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Adilov Iftixor Karimovich - Paxtakor tumanidagi «Doʻstlik» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Jizzax viloyati

Allaberganova Nafosat Ganjayevna - Tuproqqalʼa tumanidagi «Navbahor» mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati

Jumaniyozov Nurbek Xudayorovich - Amudaryo tumanidagi «Brighton School» oʻquv markazi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ilmurodova Nargiza Esanovna - Termiz tumanidagi «Joʻyjangal» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Surxondaryo viloyati

Isayeva Gavxar Eshmurzayevna - Nurobod tumanidagi «Arabota» mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi, Samarqand viloyati

Kambarov Muzaffar Odilovich - Baliqchi tumani soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish shoʻʼbasi davlat soliq bosh inspektori, Andijon viloyati

Latipov Taxir Turdiyevich - Olmazor tumanidagi «Elparvar» mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Toshkent shahri

Masharipov Maxmudjon Sapabayevich - Bogʻot tumanidagi «Koʻnabirlashuv» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati

Raimdjanov Muzaffarjon Muxtardjanovich - Margʻilon shahridagi «Oʻrda tagi» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Fargʻona viloyati

Soliyeva Adolat Baxriddinovna - Nurota tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi kutubxona mudiri, Navoiy viloyati

Turdiyev Akram Abdimuratovich - Oltinsoy tumanidagi «Mingchinor» mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi, Surxondaryo viloyati

Xudayberdiyev Xamza Tuychiyevich - Qarshi tumanidagi «Lagandi» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qashqadaryo viloyati

Erbutayev Erali Xolboyevich - Angren shahridagi «Koʻk terak» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent viloyati

Yusupov Bahronjon Adizovich - Jondor tumanidagi «Namgoni» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Buxoro viloyati.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+