platina.uz
Jamiyat

Dunyo boʻyicha eng xavfli kasblar oʻntaligini bilasizmi?

Ayrim rivojlangan davlatlarida ushbu kasblarda ishlovchi xodimlarga kredit ajratilmaydi, hatto farzand asrab olish yoki vasiylik masalalari ham juda qiyin jarayondir. 

Dunyo boʻyicha eng xavfli kasblar oʻntaligini bilasizmi?

Inson hayoti va salomatligiga xavf soluvchi kasblar uchun doimo moʻmaygina daromad toʻlashgan, ammo, salomatlik barchasidan ustun emasmi?

Dunyo olimlari va yetakchi mutaxassislari oʻrganishlari natijasida quyidagi 10 ta kasbni inson hayoti uchun eng xavfli deb topishgan. Dunyoning ayrim rivojlangan davlatlarida hayot uchun xavfli kasblarda faoliyat olib borayotgan xodimlarga kredit mablagʻlari ajratilmaydi, hatto farzand asrab olish yoki vasiylik masalalari ham juda qiyin jarayonlardan hisoblanadi.

Hayot uchun xavfli kasblar:

  1. Konchilik – doimiy yerosti faoliyati va yer bosib qolishi xavfi yuqoriligi sababdir. Bunda ularga portlash, zaharlanish, shikastlanish xavf soladi.

  1. Chiqindilarni va qayta ishlanadigan narsalarni yigʻish boʻyicha mutaxassislar – qayta ishlash jarayoni doimo radioaktiv va inson salomatligi uchun xavfli moddalarga boy holatdir. Qolaversa, bunda xavfli favqulodda vaziyatlar ham tez-tez uchrab turadi. Bunda ularga zaharlanish, shikastlanish kabilar xavf soladi.

3. Qurilish mehnati – quruvchilarning ham koʻp holatlarda hayotlari xavf ostidadir. Bunga sabab, qurilayotgan binoning balandligi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslikdir. Qurilish maydonchasida ham favqulodda xavfli holatlar tez-tez kuzatiladi. Bunda ularga qulash, shikastlanish, tok urishi xavfi, tana aʼzolari faoliyatidagi buzilishlar xavf solishi mumkin.

4. Kurerlik xizmati – bu xizmat xavflilik jihatidan dunyoning bir qator mamlakatlarida 1 oʻrinda turadi. Bunga asosiy sabab esa kurerlarning transport yoʻllarida shoshilishi va yoʻl harakati qoidalariga toʻliq rioya etmasligidir. Bunda ularga avtohalokat, jarohatlanish, sogʻliqdagi muammolar xavf soladi.

5. Sogʻliqni saqlash xodimlari – ayniqsa, 2020 yil ushbu soha xodimlari uchun ogʻir yil boʻldi. Pandimiya davrida insonlar hayotini saqlab qolish uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan kasb vakillari salomatligiga yana boshqa ayrim narsalar ham xavf soladi. Bular infeksion xavf, kimyoviy zaharlanish, jismoniy shikastlanish, psixologik stress, radiatsiya taʼsiri kabilardir.

6. Jurnalistika – bu sohani xavfli kasblar qatorida koʻrish ayanchli, ammo kasbdagi ayrim hollar kishi hayoti bilan bir qatorda uning sogʻligiga ham xavf tugʻdiradi. Bularga, kuchli stress, bosimlar, jismoniy xavflar, axloqiy xavflar misol boʻla oladi. Ayniqsa, sohaning ayrim tarmoqlaridagi kuchli ish rejimi ham hayot va faoliyatga salbiy taʼsir oʻtkazadi.

7. Oʻt oʻchiruvchilik – bu sohaning xavfli jihatlari barchaga maʼlum boʻlsa kerak. Soha mutaxassislari jarayonga yillab tayyotgarlik koʻrishadi. Ammo, shunga qaramay ushbu kasb ham dunyo boʻylab xavfli kasblar qatoridan oʻrin olgan. Bunda oʻt oʻchiruvchilarga kuyish, jarohatlanish, qulab tushish va hatto ayrim holatlarda zaharlanish xavf soladi.

8.Uchuvchilik – uchuvchilar va bort kuzatuvchilari hayoti ham deyarli har parvoz paytida xavf ostida hisoblanadi. Shuning uchun ham ular yaxshigina daromad olishadi. Parvoz 8,9 soat davom etgan mahallarda xavf yanada oshadi. Samalyot bortida 2 ta uchuvchi boʻladi va ulardan biriga biror kor-hol boʻlsa, ikkinchisi nazoratni oʻz qoʻliga oladi. Bunda ularga halokat, uyqu buzilishi, tana harorati va bosim bilan bogʻliq muammolar xavf soladi.

9. Elektr tarmogʻi ishchilari – ushbu soha xodimlari hayoti ham xavf ostidadir. Elektr bilan doimiy ishlash ular salomatligi salbiy taʼsir koʻrsatadi. Elektr tarmogʻi ishchilarining hayotiga xavf soluvchi holatlar: tok urishi, shikastlanish, elektrlanish va boshqalardir.

10. Ishlab chiqarish sohasi – yaʼni zavod va fabrika ishchilari, nima ishlab chiqarishiga koʻra xavfli kasb vakillari 10 taligini yakunlaydi. Ularga xavf soluvchi holatlarga kimyoviy zaharlanish, shikastlanish, mehnat unumdorligining pasayishi va salomatlikdagi muammolar xavf solishi mumkin

Eslatma: yuqoridagi va boshqa barcha kasb vakillari faoliyati mamlakatimizda OʻRQ-410-sonli ”Mehnatni muhofaza qilish” toʻgʻrisidagi qonun bilan himoyalangandirlar. Faoliyatlari davomidagi noxush voqea sabab ish beruvchidan yordam va kompensatsiya mablagʻlarini talab qilishga haqlidirlar.

Maftuna Yodgorova tayyorladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid