platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb topildi

Umumiy reytingda Finlyandiya, Shvetsiya va Islandiya yetakchilik qilmoqda. 

Oʻzbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb topildi

Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakat deya topildi. Ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston egalladi.

Oksford universitetining yillik global hisobotiga koʻra, Qozogʻiston bir necha pogʻonani boy bergan va reytingda 44-oʻrindan 49-oʻringa tushib ketgan.

Rossiya 72-oʻrinni egalladi, Ukraina esa 105-pogʻonadan joy olgan.

143 mamlakat va hududdagi odamlardan oʻz hayotlarini noldan 10 gacha boʻlgan shkalada baholaganlar, 10 ball mumkin boʻlgan eng yaxshi reytingdir. Reytingni yaratish uchun oxirgi uch yildagi natijalar oʻrtacha hisoblanadi.

Finlyandiya oʻrtacha 7,7 ball bilan birinchi oʻrinda qolmoqda. Undan keyin Daniya, Islandiya va Shvetsiya turadi. Afgʻoniston va Livan mos ravishda 1,7 va 2,7 ball bilan oxirgi ikki oʻrinni egallab turibdi.

Umuman olganda, reytingga umr koʻrish davomiyligi, ijtimoiy aloqalar, shaxsiy erkinlik va korrupsiya kabi boshqa omillar taʼsir qiladi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari birinchi marta kuchli yigirmatalikdan joy olmadi va oʻtgan yilgi 15-oʻrindan 23-oʻringa tushib ketdi. Bu 30 yoshgacha boʻlgan amerikaliklarning farovonlik hissi keskin tushib ketgani bilan bogʻliq, deyiladi hisobotda.

60 va undan katta yoshdagi odamlarning baxtiyorlik darajasi boʻyicha global reytingda Qoʻshma Shtatlar 10-oʻrinda, 30 yoshgacha boʻlganlar uchun esa 62-oʻrinda turadi.

Eslatib oʻtamiz, bugun dunyo boʻylab Xalqaro baxt kunini nishonlamoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid