platina.uz
Jamiyat

Alisher Qodirov oʻqishga kira olmaganlarni armiyaga joʻnatishni taklif etdi

"Tartib va masʼuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi", deydi u.

Alisher Qodirov oʻqishga kira olmaganlarni armiyaga joʻnatishni taklif etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov oʻqishga kira olmagan yigitlarni bir yillik harbiy xizmatga joʻnatishni taklif etdi.

"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak.

Maktabni tugatgan, oʻqishga kirganlardan tashqari barcha oʻgʻil bolalarni toʻlovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va masʼuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi.

Oʻzbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyumlilar emas, oʻz qadrini biladigan, tafakkur qiladigan oʻgʻil-qizlar rivojlantiradi" deydi Qodirov.

Shuningdek, Qodirov maktablarda Milliy gvardiya xodimi boʻlishini qoʻllab-quvvatlagan. Uning fikricha, nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid