platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqibatida 37 kishi jabrlandi

Hodisa bayram sayli vaqtida yuz bergan. 

Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqibatida 37 kishi jabrlandi

Qashqadaryoda bayram sayli vaqtida gaz balloni portladi, 37 kishi jarohat olgan. Viloyat prokuraturasi mazkur maʼlumotni tasdiqladi.

2024 yilning 18 mart kuni Koʻkdala tumanida oʻtkazilayotgan saylda gaz chaqnashi natijasida gaz balon portlab ketgan.

Oqibatda, 37 nafar fuqarolar yongʻin tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan hamda 7 nafari statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan. 17 nafar kishining ahvoli qoniqarli boʻlganligi bois ambulator koʻrikdan oʻtkazilib, tibbiy yordam koʻrsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmaganligi sababli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, uyiga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koʻkdala tuman prokururaturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning
207-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid