platina.uz
Jamiyat

Buxoroda ikki nafar IIB ofitseri qoʻlga olindi

Ular giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashishda ayblanmoqda. 

Buxoroda ikki nafar IIB ofitseri qoʻlga olindi

Buxoroda ikki nafar IIB ofitseri qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Joriy yilning 16 mart kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimlari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashganlari aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qoʻlga olinganlar.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avaalroq mijozlardan noqonuniy pul undirgan MIB va soliqchilarga hukm oʻqilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid