Olimlar Marsda yashay oladigan ikki bakteriya turini aniqladilar
Tadqiqot Chilining baland togʻli koʻllarining ekstremal muhitida oʻtkazildi.

Germaniya, Fransiya, Chili va boshqa mamlakatlardan boʻlgan xalqaro olimlar guruhi Chilining baland togʻli koʻllarining ekstremal muhitida – Mars sayyorasini eslatuvchi sharoitlarda yashovchi ikkita yangi bakteriyani aniqladi. Tadqiqot Journal of Proteome Research (JPR)da chop etildi.
Mutaxassislar ekstremofil mikroblarni yangicha usul tufayli kashf qilishdi. Usul mikroorganizmlarning genetik materialini oʻrganishga emas, balki oqsil boʻlaklarini tahlil qilishga asoslangan.
Tadqiqotchilar oʻz qidiruvlarini 3,7 kilometrdan ortiq balandlikdagi beshta baland And koʻllaridan suv namunalari bilan boshladilar. Olingan namunalardan olimlar 66 mikrobni etishtirishdi. Keyin ular peptid shablonlarini yaratish va kerakli xususiyatlarga ega mikroorganizmlarni qidirish uchun peptidlar deb nomlanuvchi maxsus oqsil boʻlaklarini oʻrganishdi.
Usul yordamida mutaxassislar ekstremofillarning ikkita potensial yangi turini aniqladilar.
Protein profilini qoʻllash orqali olimlar Yerdan tashqaridagi hayotni aniqlashlari va sayyoramizdagi biologik xilma-xillikni yaxshiroq tushunishlari mumkin, deydi olimlar jamoasi.