platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida ikki ishchi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Har ikkala holat yuzasidan komissiya tuzilib,  hodisa sabablari tekshirilmoqda. 

Toshkent viloyatida ikki ishchi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Toshkent viloyatida ikki nafar ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Bandlik va Kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasi buyrugʻida maʼlum qilindi.

Jumladan, 2024 yil 10 yanvarda S. Kotov zavodni oʻchirmasdan groxotni tekshirish uchun tepaga chiqib ketgan. U qaytavermagach, sherigi R. Cherepovskiy vaziyatni bilgani borgan va uni groxot yonida yotgan holda topgan. Ishchi 4-shifoxonada olgan jarohatlari sabab vafot etgan.

Shuningdek, 2024 yil fevralida A. Xudaybergenov gʻisht zavodi lentasiga yiqilib tushishi oqibatida ogʻir tan jarohati olgan va vafot etgan.

Toshkent viloyati Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasi xabariga koʻra, har ikkala holat yuzasidan komissiya tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Angrendagi zavodda ikki ishchi tomdan qulab vafot etgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid