platina.uz
Jamiyat

Prezidentga yangi maslahatchi tayinlandi

U Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimida ishlab kelgan. 

Prezidentga yangi maslahatchi tayinlandi

Bekzot Mardonovich Mavlonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Bekzot Mavlonov avvalgi faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida, jumladan prokuratura tizimida xizmat qilgan.

2017 yilda u bosh prokuror oʻrinbosari sifatida ham ishlagandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid