Navroʻz bayramida necha kun dam berilishi aniq boʻldi
Mart oyida besh kun ishlaydiganlar jami 13 kun dam oladi.

Navroʻz bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishi maʼlum boʻldi.
2024 yilgi Navroʻz bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi:
- 21 mart — payshanba (Navroʻz bayrami);
- 22 mart — juma (barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni);
- 23 mart — shanba (6 kunliklar uchun qoʻshimcha dam olish kuni);
- 24 mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).
Qoʻshimcha dam olish kunlari prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi PF-213-sonli farmoni asosida belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, bu yil 8 mart bayramiga qoʻshimcha dam olish kuni berilmagandi. Mart oyida besh kun ishlovchi oʻzbekistonliklar jami 13 kun dam oladi.