platina.uz
Jahon

Yevroparlament Armanistonga oid rezolyutsiyani maʼqulladi

Soʻnggi paytlarda rasmiy Yerevan YeI bilan aloqalarni kuchaytirish va hatto unga aʼzo boʻlish masalasini inkor etmayapti. 

Yevroparlament Armanistonga oid rezolyutsiyani maʼqulladi

Yevroparlament Yevropa Ittifoqi va Armaniston oʻrtasida yaqin aloqalar oʻrnatish zarurligi, shuningdek, Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida tinchlik kelishuvi toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar bermoqda “Armenpress.am” muxbiri.

Hujjatni qabul qilish uchun 504 deputat ovoz berdi, 4 nafari qarshi, 32 nafari betaraf qoldi.

Rezolyutsiyada Yevroparlamentning pozitsiyasi koʻrsatilgan, unga koʻra, agar mamlakat ittifoqqa nomzod maqomi uchun ariza berishdan manfaatdor boʻlsa, YeIning Armaniston bilan munosabatlari oʻzgarishi mumkin.

Qabul qilingan rezolyutsiyada Yevroparlament aʼzolari Yevropa Ittifoqi va Armanistonni ittifoq bilan hamkorlikni kengaytirish, jumladan, xavfsizlik sohasida qoʻllab-quvvatlashga chaqiradi.

Rezolyutsiya, shuningdek, Ozarbayjonni Togʻli Qorabogʻ armanlari bilan muloqotga kirishishga, “ularning huquqlarini hurmat qilishga va xavfsizligini kafolatlashga” chaqiradi. Bundan tashqari, hujjatda aytilishicha, Ozarbayjon “qamoqdagi Togʻli Qorabogʻ va Armanistonning barcha aholisini ozod qilishi” kerak.

9 mart kuni Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Turkiyaning TRT telekanali orqali Armaniston hukumati YeIga kirish uchun ariza topshirish masalasini faol muhokama qilayotganini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, hozircha bu jarayonning natijasiga "hech kim ishonch hosil qila olmaydi yoki bashorat qila olmaydi". Mirzoyanga koʻra, Yevropa Ittifoqi va AQSh Armanistonda demokratik islohotlarni olgʻa surmoqda.

Dekabr oyida Ararat Mirzoyan Yerevanda "Yevropa intilishlari" borligini aytdi. Vazirning taʼkidlashicha, Armaniston “Yevropa Ittifoqi imkoni boricha Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish” niyatida.

2023 sentabrida Ozarbayjon Qorabogʻni toʻliq nazoratga olganidan soʻng, Armanistonning Rossiya bilan munosabatlari sovuqlasha boshladi. Hatto Armaniston KXShTga aʼzoligini muzlatib qoʻydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid