platina.uz
Jamiyat

Davlat ishchilari endi ishiga qarab oylik oladi

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini aks ettiruvchi platforma ishga tushiriladi. 

Davlat ishchilari endi ishiga qarab oylik oladi

Endi davlat ishchilari va xizmatchilari ishiga qarab maosh oladi. Prezidentning "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjlik faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" farmoni eʼlon qilindi.

Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KRI), ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

Samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻz vaqtida va sifatli erishilishini taʼminlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida:

- samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot har chorakda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;

- har bir samaradorlik koʻrsatkichiga belgilanadigan salmoq oʻlchovi yigʻindisidan kelib chiqib, samaradorlik koʻrsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam boʻlganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarini rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori ularni samaradorlik koʻrsatkichlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Chorak boʻyicha samaradorligi “qoniqarsiz” boʻlganlar rahbar va uning oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirishlar toʻxtatib turiladi. Yil boʻyicha shunaqa natija koʻrsatganlarning esa lavozimga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bir oyda tegishi maʼlumotlar asosida platformani shakllantirishi lozimligi bildirildi.

Shuningdek, bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Mahkamasi oʻrinbosarlari, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlari tasdiqlanishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid