platina.uz

Oʻzbekiston ish haqi toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

Konvensiyada xodimlarning ish haqini qonuniy ravishda va belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlanishi belgilangan. 

Iqtisod
13-mart, 13:48
Oʻzbekiston ish haqi toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

Oʻzbekistonda ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi.

12 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-918-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonunga koʻra, Xalqaro mehnat tashkilotining “Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 95-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1949 yil, 1 iyul) ratifikatsiya qilindi.

Ratifikatsiyaga binoan konvensiyada ish beruvchilar tomonidan ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashga qaratilgan, qoidalar ish haqi toʻlanadigan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi qayd etilgan.

Konvensiyada:

- xodimlarning ish haqini qonuniy ravishda va belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlanishi;

- ish haqi bevosita xodimga ish kunida va ish joyida naqd shaklida toʻlanishi, natura shaklida toʻlashning chegarasi va shartlari mavjudligi;

- xodimning ish haqini erkin tasarruf eta olishi, ish haqidan ushlab qolinishi va chegarasi faqat milliy qonunchilikda belgilanishi;

- xodimlarga ish haqini hisoblanishi va tarkibi toʻgʻrisida axborot olishlari kabi huquqlaridan foydalana olishi lozimligi va boshqa talablar mavjud.

Maʼlumot uchun, mazkur konvensiya 98 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular orasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi qoʻshni davlatlar ham mavjud

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+