Kogon tumaniga hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Muhiddin Esanov sogʻligi yomonlashganligi sababli lavozimidan ozod etildi.

Otabek Qazoqov Buxoro viloyatining Kogon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bungacha u “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Tayinlov Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirildi.
Tumanning avvalgi hokimi Muhiddin Esanov sogʻligi yomonlashganligi sababli lavozimidan ozod etildi.
Taʼkidlash kerakki, Muhiddin Esanov birinchi prezident Islom Karimov davrida, 2011-2016 yillarda Buxoro viloyatida ham rahbarlik qilgan. Bir muddat Buxoro tumanini ham boshqargan.
2020 yil mart oyidan buyon Kogon tumanini boshqarib kelayotgandi.