Fargʻonada 10 nafar hokim jazolandi
Bunga qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarish koʻrsatkichlarini bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani sabab boʻlgan.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishi bilan 10 nafar hokim jazoga tortildi.
Bunga ularning viloyatda yanvar-fevral oylari uchun qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarish koʻrsatkichlari bajarilishida sustkashlikka yoʻl qoʻygani sabab sifatida keltirilgan.
Jumladan, sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga chiqarishni Fargʻona shahri 65,2 foizga, Quvasoy shahar 62,8 foiz, Yozyovon 53,1 foiz, Rishton tumani 50,3 foiz, Soʻx tumani 24,5 foiz, Toshloq tumani 43,1 foiz, Fargʻona tumani 41,3 foiz va Oʻzbekiston tumani 71,2 foizga bajarga xolos.
Shundan kelib chiqib, Fargʻona shahar hokimi V.Nazarov;
- Quvasoy shahar hokimi Z.Toʻraqulov;
- Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov;
- Dangʻara tumani hokimi Sh.Tojihakimov;
- Yozyovon tumani hokimi D.Djalilov;
- Rishton tumani hokimi B.Xoliqov;
- Soʻx tumani hokimi S.Sayidmusayev;
- Toshloq tumani hokimi A.Djurabayev;
- Fargʻona tumani hokimi X.Inomov;
- Oʻzbekiston tumani hokimi Sh.Yuldashevlarga Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-bandiga asosan oʻrtacha oylik ish haqining 15 foizi miqdorida jarima qoʻllanildi.
Ushub farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari N. Mamajonov zimmasiga yuklatildi.