platina.uz
Jamiyat

Fargʻona viloyat hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

U avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida ishlagan. 

Fargʻona viloyat hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Sherzod Rahimov Fargʻona viloyat hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlib faoliyat koʻrsatib kelgan Rahimov Sherzod Abduxalilovich Fargʻona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi, deyiladi xabarda.

Sherzod Rahimov 1984 yilda Quva tumanida tugʻilgan. Fargʻona davlat universitetini hamda Toshkent davlat Agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda tarix oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 2007-2010 yillarda FarDU aspiranti, 2010-2011 yillarda ushbu universitet qoshidagi akademik litseyda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlgan. 2011-2015 yillarda "Kamolot" YoIH Fargʻona viloyati Kengashi raisi boʻlib ishlagan. 2015-2019 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati boʻlgan. 2020 yil 22 yanvardan tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi vazifasida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

2019 yildan buyon Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Fayzullajon Qosimov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, joriy yil 21 fevralda Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid