AQShda prezidentlik uchun asosiy nomzodlar aniq boʻldi
Bu yil ham 2020 yilgi qarama-qarshilik takrorlanadi.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden respublikachilar va demokratlar partiyasining praymerizlarida gʻalaba qozonishdi. Shunday qilib, ular tez orada oʻz partiyalari tomonidan AQSh prezidentligiga rasman nomzod boʻlishadi - 2024 yilgi saylovlarda katta ehtimol bilan Bayden-Tramp qarama-qarshiligi takrorlanadi.
Baydenning AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzodini ilgari surishi rasmiyatchilik edi, chunki ikkinchi muddatga saylanishga qaror qilgan mamlakatning amaldagi rahbari, qoida tariqasida, jiddiy raqobatga duch kelmaydi.
Respublikachilar uchun nomzodlik uchun kurash esa ancha jiddiy kechdi, garchi Tramp saylov kampaniyasining boshidanoq katta ustunlikka ega boʻlgan va uning eng yaqin raqibi, AQShning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeylining nomzodlikda gʻalaba qozonish uchun real imkoniyati boʻlmadi.
Seshanba kuni respublikachilarning praymerizlari toʻrt shtatda boʻlib oʻtdi: Jorjiya, Gavayi, Missisipi va Vashington.
Xeyli "super seshanba" kungi magʻlubiyatlar ortidan poygadan chiqib ketganidan soʻng, Tramp yaqinda prezidentlikka nomzodni rasman koʻrsatadigan partiya konferensiyasiga atigi 137 delegat kam edi.
Trampning yagona raqibi Nikki Xeyli Respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashdan chiqdi, biroq sobiq prezidentni qoʻllab-quvvatlamadi.ABC News xabariga koʻra, sobiq prezident Vashingtondagi gʻalabasidan soʻng kerakli ovozlarni oldi.
AQShda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda boʻlib oʻtadi.




