platina.uz
Jahon

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Halokat joyidan besh kishining jasadi topildi, hech kim tirik qolmagani aytilmoqda. 

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyaning Ivanovo viloyatida Il-76 harbiy samolyoti halokatga uchradi.

Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur holatni tasdiqladi. Halokatga uchish vaqtida dvigatellardan birining yonib ketishi sabab boʻlgan. Ekipaj favqulodda qoʻnmoqchi boʻlgan, biroq uchish-qoʻnish yoʻlagiga etib bormagan.

Samolyot bortida sakkiz nafar ekipaj aʼzosi va yetti nafar yoʻlovchi boʻlgan. Katta ehtimol bilan ularning barchasi halok boʻlgan. Halokat joyidan hozirda besh nafar halok boʻlganlarning jasadi allaqachon topilgan, deb yozadi mahalliy OAVlar.

Baza telekanalining yozishicha, samolyot oʻquv parvozini amalga oshirayotgan edi. Samolyot Severniy aerodromi yaqinidagi Bogorodskoye qishlogʻi yaqinidagi qabriston hududiga qulagan. Rossiya Aerokosmik kuchlar Oliy qoʻmondonligi komissiyasi tekshiruv uchun Ivanovo aerodromiga uchib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, avval ham Belgorod viloyatida Il-76 samolyoti halokatga uchragandi. Unda 65 nafar ukrainalik asir borligini maʼlum qilingandi. Ushbu hodisa oqibatida ham hech kim tirik qolmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid