platina.uz
Jamiyat

Roʻzada tetik va toʻq yurish uchun qanday mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak?

Roʻza tutishda salomatlik, ayniqsa immun tizimi va vaznni nazorat qilib turish har tomonlama foydali hisoblanadi.

Roʻzada tetik va toʻq yurish uchun qanday mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak?

Ramazon oyida roʻza tutishda salomatlik, ayniqsa immun tizimi va vaznni nazorat qilib turish har tomonlama foydali hisoblanadi. Juda koʻpchilik roʻza paytida kam kaloriyali mahsulotlarni isteʼmol qiladi va bu aksariyat holatlarda kuni boʻyi koʻngil aynishi, bosh aylanishiga sababchi boʻladi.

Roʻza tutish davomida qanday mahsulotlarni isteʼmol qilgan maʼqul? Bu boʻyicha amerikalik mutaxassislar quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini tavsiya qiladi.

Sut qay darajada foydali?

Amerikalik olimlar sutni inson organizmining tashnalikka boʻlgan ehtiyojini kamaytiradigan oziq-ovqatlar orasida birinchi oʻringa qoʻydi. Bundan tashqari, sut tanani zarur mineral tuzlar bilan ham taʼminlaydi. Ular odamga suyaklarni mustahkamlash va yangi qon ishlab chiqarish uchun zarur. Ayniqsa, sutda boshqa oziq-ovqatlarga qaraganda fosfor va kalsiy koʻproq. Bundan tashqari, sut tarkibida temir, mis, marganets, magniy, natriy, kaliy, xlor, yod, kobalt va rux mavjud. Ammo mmunʼyxat hali toʻliq emas. Sut bizni koʻplab vitaminlar bilan ham taʼminlaydi. Uning tarkibida koʻp miqdorda B2, A, B1 va undan tashqari oz miqdorda C va D vitaminlari bor. Albatta, sutda suv miqdori koʻp. Sut suyuq mahsulot boʻlishiga qaramay, uning har bir litrida 110 g qattiq modda borligi diqqatga sazovordir.

Ammo, shuni ham unutmaslik kerakki, sut sekin hazm boʻluvchi mahsulotlardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham uni uyqudan avval ichmagan tavsiya qilinadi.

Bodring nimaga yordam beradi?

Bodring eng avvalo tez hazm boʻluvchi sabzavotlardan biridir. Uning tarkibining 95% dan koʻpi suv bilan qoplangani uchun ham u tanani ancha vaqtgacha suvsizlik va darmonsizlikdan himoyalay oladi. Olimlarning fikricha bu sabzavot tarkibida yod, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va boshqa mikroelementlarga boy ekan. Bundan tashqari, oz miqdorda bodringda PP, H, C, B2, B1, A vitaminlari mavjud. Yangi bodring vitaminlariga qoʻshimcha ravishda miya ishini yaxshilashga qaratilgan tabiiy shakar (laktoza va glyukoza) bor. Shuning uchun ham u roʻzada isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Suv miqdorini kamaytirib yubormang

Inson tanasi suvga doimo ehtiyoj sezadi. Suvsiz odam atigi 3-4 kun yashay oladi, xolos odam organizmidagi suvning 10 foizi yoʻqolsa ham, u oʻlim topadi. Shunday ekan, ramazon oyi va roʻza tutish davomida ham suv isteʼmoliga eʼtibor qaratgan maʼqul. Mutaxassislar suvni saharda ovqatlanishdan yarim soat oldin och qorinda isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi.

Kokos suvining inson tanasiga foydasi

Kokos mamlakatimizda yaqin yillarda ancha sevib isteʼmol qilina boshladi, buning asosiy sababi esa uning foydali jihatlarining koʻpligi bilan aloqadordir. Kokos suvi organizmning tozalanish jarayonida ham yordam beradi. U ogʻir mmun va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy ravishda isteʼmol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi. Kokos suvini doimiy ravishda isteʼmol qiladigan kishilar u terining yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yoʻq. Axir ichimlik tarkibida hujayralarning oʻsishiga taʼsir koʻrsatadigan oʻsimlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda isteʼmol qilish teringizga taranglik va yarqirashni beradi. Ichimlik tarkibida yogʻlar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal toʻgʻri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy.

Shaftolining foydali xususiyatlari

Shaftoli mazali va sogʻlom ovqatlanishni istaganlar uchun ajoyib tanlovdir. Mazkur sersuv meva tarkibida kaloriya miqdori past, B vitaminlarini oʻz ichiga oladi va shuning uchun ham kayfiyat yaxshilanishiga yordam beradi. Kayfiyatingiz oʻzgarganda, stress yoki xavotirda, 1-2 ta shaftoli isteʼmol qiling. Agar buni har kuni qilsangiz, bir haftadan soʻng kayfiyatingiz muvozanatga kelayotganini sezasiz. Bu shaftoli tarkibida B vitaminlari kompleksi borligi bilan bogʻliq: B1, B2, B3, B4, B5, B6 va B9 va magniy. Shaftoli tarkibidagi uglevodlar kayfiyatni koʻtaradi: 100 gramm shaftolida 8,4 gramm shakar bor, ular shaftoli tarkibida oziq-ovqat kletchatkasi va pektin borligi sababli sekin soʻriladi. Ammo shunga qaramay, qandli diabetga chalinganlar ehtiyot boʻlishlari va qancha shaftoli yeyish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Shaftoli kayfiyatga taʼsir koʻrsatadi va ovqat hazm qilish trakti faoliyatini normallashtiradi. Bundan tashqari u ovqat hazm qilishda ham juda foydali hisoblanadi.

Qatiq (suzma) nima uchun roʻzada maslahat beriladi?

Qatiqda koʻp miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yogʻlar va koʻp organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburugʻlar mavjud. Qatiq oʻzining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo boʻladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi mmune hujayralarini ishlab chiqaradi va kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi. Qatiq hatto yosh bolalar uchun ham juda foydali, chunki uning tarkibida allergiya qoʻzgʻovchilar boʻlmaydi. Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi. Shuning uchun ham roʻza mahallarida tavsiya qilinadi. Bundan tashqari uning tarkibida kalsiy moddasi koʻp boʻlgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Koʻproq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi yetishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

Xurmo isteʼmoliga eʼtiborli boʻling

Suv roʻzani ochishning eng sogʻlom usulidir. Keyin, shoʻrva bilan davom etish juda foydali. Iftor dasturxonlarining ajralmas mevasi boʻlgan xurmo shakar miqdori yuqori boʻlgan quritilgan meva boʻlgani uchun qondagi qand miqdorini tez oshiradi. Shuning uchun uni ovqatdan keyin isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Ammo, xurmo bilan roʻza ochilganda, birdan ortiq yemaslik maqsadga muvofiqdir. Chunki bir necha xurmoni ketma-ket isteʼmol qilish nafaqat qon shakarini tez oshiradi, balki yog toʻplanishiga ham sabab boʻladi va shakarni birdaniga tushirgani uchun sizni gipoglikemiyaga moyil qiladi.

Maftuna Yodgorova tayyorladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid