platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tayinlandi

Yangi vazir avval Qoraoʻzak tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 

Qoraqalpogʻiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tayinlandi

Azerbayev Quanishbay Koshkinbayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Q.Azerbayev Qoraoʻzak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻiga asosan amalga oshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yilning fevralidan buyon ushbu lavozimda Sagʻindiq Turmanov ishlayotgandi. Turmanov 2024 yilning yanvarida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi sifatida ish boshladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid