platina.uz
Jamiyat

Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun kontrakt toʻlash muddati uzaytiriladi

Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov bu haqda Platina.uz’ga maʼlumot berdi.

Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun kontrakt toʻlash muddati uzaytiriladi

Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontraktini toʻlamagan talabalarni darsdan chiqarib yuborish holatlari kuzatilayotgani haqida tahririyatimizga murojaat kelib tushdi.

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi raisi Bosh vazir Abdulla Aripov ayni paytda Tojikistonda boʻlgani bois holat yuzasidan uning matbuot kotibiga bogʻlandik.

Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning Platina.uz nashriga maʼlum qilishicha, ushbu holat ijobiy hal etiladi va ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10 aprelga qadar uzaytiriladi.

Bu boʻyicha tegishli bayon tayyorlangan va tez orada rasmiy hujjat eʼlon qilinishi koʻzda tutilmoqda.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli boʻladi:

⁃ oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
⁃ xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
⁃ professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid