platina.uz
Jamiyat

Zoyir Mirzayev mahallalar uchun 4 mlrd. soʻm ajratdi

Pullar Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Quyi Chirchiq va Ohangaron tumanlari byudjetiga yoʻnaltiriladi. 

Zoyir Mirzayev mahallalar uchun 4 mlrd. soʻm ajratdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Obod mahalla", "Obod koʻcha" va "Obod xonadon" dasturlari doirasida tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi" uchun 4 mlrd. soʻm ajratdi.

Hokim farmoyishida maʼlum qilinishicha, mablagʻ Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Quyi Chirchiq va Ohangaron tumanlari byudjetiga yoʻnaltiriladi.

Farmoyish ilovasiga koʻra, mablagʻlar Yangiyoʻl tumani "Niyozbosh" mahallasi, Oqqoʻrgʻon tumani "Navbahor" mahallasi, Ohangaron tumani "Shodmalik" mahallasi, Quyi Chirchiq tumani "Mingchinor" mahallasidagi ishlar uchun sarflanadi. Toʻrtta mahallaga mos ravishda 1 milliard soʻmdan beriladi.

Pullar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, dolzarb muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltiriladi.

Avvalroq Zoyir Mirzayevning boshqa bir farmoyishi bilan byudjetdan 708,4 million soʻm mablagʻ ajratilgandi. Mazkur pul viloyatdagi taʼmirtalab, paxsa devorli maktablardagi qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasiga berilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Mirzayev byudjetdan 7 mlrd. soʻmdan oshiq mablagʻ ajratish boʻyicha ikki qarorni ham imzolagandi. Unga koʻra, Oqqoʻrgʻon tumanidagi Boygʻuli MFYda "Obod mahalla" va "Obod xonadon" ishlarini amalga oshirish uchun 2 mlrd. soʻm, Yangiyoʻl shahri uchun transformator xarid qilish va oʻrnatish xarajatlariga 2 mlrd. 284 million soʻm berilishi maʼlum qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid