platina.uz
Jamiyat

Toshkentda taroveh namozlari munosabati bilan ayrim koʻchalar yopiladi

Joriy yilning 10 mart kunidan boshlab har kuni soat 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Toshkentda taroveh namozlari munosabati bilan ayrim koʻchalar yopiladi

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10 mart kunidan boshlab har kuni soat 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda IIBB xabar bermoqda.

Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:

— Tepa masjidi Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar.

Bektemir tumani boʻyicha:

— Alibek masjidi M.Avezov koʻchasidan Xusayin Boyqaro koʻchasiga qadar.

Yashnobod tumani boʻyicha:

— Islom ota masjidi Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar.

— Ali ibn Abu Tolib masjidi Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar.

Mirobod tumani boʻyicha:

— Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor koʻchasiga qadar.— Quyliq ota masjidi TXAY – Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar.

Sergeli tumani boʻyicha:

— Maʼruf ota masjidi Choshtepa koʻchasidan Chosh tepa 1-tor koʻchasiga qadar.

— Noʻgʻayqoʻrgʻon masjidi Yangi Sergeli – Noʻgʻayqoʻrgʻon KXAY – Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon – Sagʻbon chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

— Usmon bin Maʼzum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.

— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bogʻu boʻston chorraxasigacha.

— Rakat masjidi J.Shoshiy koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar.

Yangihayot tumani:

— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdargʻon mahallasiga kirishga qadar.

Shayxontohur tumani boʻyicha:

— Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.

Olmazor tumani boʻyicha:

— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.

— Islomobod masjidi KXAY – Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon – Sagʻbon chorrahasigacha.

— Doʻstjonboy (Sulola) masjidi Sagʻbon-Sagʻbon 12-tor chorrahasidan Keles yoʻli – Noraztepa chorrahasigacha.

Yunusobod tumani boʻyicha:

— Mirza Yusuf masjidi Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasiga qadar.

Uchtepa tumani boʻyicha:

— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa koʻchalari chorrahasigacha. — Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchasigacha.

Chilonzor tumani boʻyicha:

— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy koʻprigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.

— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan Soʻgalli ota koʻchasigacha.

— Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi Al-Xorazmiy koʻchasidan Katta Xirmontepa koʻchasigacha.

Ushbu koʻchalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid