Isroil Madrimov jahon chempioniga aylandi
Oʻzbekistonlik bokschi rossiyalik yengilmas raqibini WBA kamari uchun bahsda nokautga uchratdi.

Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov professional boksning WBA yoʻnalishida jahon chempioniga aylandi.
Boks boʻyicha Osiyo oʻyinlari va qitʼa chempionati gʻolibi Isroil Madrimov Saudiya Arabistonida oʻtgan professional boks kechasida super oʻrta vazn toifasida WBA kamarini qoʻlga kiritdi.
Madrimov chempionlik bahsida 25 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalabaga erishgan rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratishga erishdi.
Isroil Madrimov shu tariqa faoliyatidagi 10-jangda chempionga aylandi.