platina.uz
Jahon

Bayden Putinga murojaat qilib, "ortga qaytmasligini" taʼkidladi

AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollardan ortiq yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlagandi. Lekin loyiha Vakillar palatasi tasdigʻidan oʻtmayapti. 

Bayden Putinga murojaat qilib, "ortga qaytmasligini" taʼkidladi

AQSh Ukrainani zarur boʻlgan qurol-yarogʻ bilan taʼminlasa, u Rossiyani magʻlub eta oladi, deydi AQSh prezidenti Jo Bayden. Bu haqda u Kongressdagi nutqi davomida mamlakatdagi vaziyat toʻgʻrisida yillik murojaatida aytib oʻtdi. Jo Bayden Ukrainaga Amerika qoʻshinlarini yubormaslikka vaʼda berdi, lekin uni qoʻllab-quvvatlashda davom etish niyatini yana bir bor taʼkidladi.

Baydenning aytishicha, Kiyevga yordam koʻrsatilishi “AQShning jahon yetakchiligini yoʻqotishini istaganlar tomonidan toʻsib qoʻyilgan”.

“Men Kongressga murojaat qilaman: Biz Putinga qarshi turishimiz kerak... Agar AQSh hozir orqaga chekinsa, bu Ukrainani xavf ostiga qoʻyadi. Yevropa xavf ostida. Erkin dunyo xavf ostida, bu bizga zarar yetkazadiganlarni dalda beradi. Prezident Putinga murojaatim oddiy: biz ortga chekinmaymiz. Biz taslim boʻlmaymiz. "Men taslim boʻlmayman", dedi Bayden.

13 fevral kuni AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollardan ortiq yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Qonun loyihasida Kiyev 60 milliard dollardan ortiq mablagʻ olishini koʻzda tutadi. Loyiha Vakillar palatasiga tasdiqlash uchun yuborilgan, biroq loyihada AQShning janubiy chegarasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar yoʻqligi sabab tasdiqdan oʻtmayapti.

Bloomberg nashrining taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqi AQSh yordamisiz Ukrainaga yordamni ikki baravar oshirishga majbur boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Bayden Putinni qattiq haqorat qilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid