platina.uz
Jamiyat

Nurafshonda 14 tup daraxt kesiladi

Daraxtlarni kesish uchun Toshkent Botanika bogʻi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi ruxsat bergan. 

Nurafshonda 14 tup daraxt kesiladi

Nurafshon shahri hokimi qarori bilan 14 tup daraxt kesiladi.

Tegishli qaror bugun, 7 mart kuni eʼlon qilingan. Unda aytilishicha, mazkur daraxtlar qurib qolgani sababli kesish qarori uchun jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.

Shuningdek, daraxtlarni kesish uchun Toshkent Botanika bogʻi ilmiy xulosasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi ruxsatnomasi ham olingan.

Oʻz navbatida kesilgan daraxtlar oʻrniga yangi koʻchatlar ekish chorasi koʻriladi.

Qaror ijrosi shahar hokimi oʻrinbosari F.Shomurodov zimmasiga yuklangan.

Bir necha kun avval Nurafshon shahar hokimi turli tadbirlar, jamgʻarmalar, radarlar xarid qilish va obodonlashtirish ishlari, gazetalar obunasiga pul ajratgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid