platina.uz

2024 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorlari belgilandi

Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Jamiyat
7-mart 2024 yil
2024 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorlari belgilandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarorlari qabul qilindi, unga koʻra:

Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) soʻm etib belgilandi.

Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

bugʻdoydan – 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) soʻm;
mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin boʻladi.

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi. Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ramazon oyi 11 mart kunidan boshlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+