platina.uz
Jamiyat

16-18 mart kunlari umumxalq hashari tashkil etiladi

Avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, xavfli ishlab chiqarish obʼektlari, insonlarning hayoti yoki sogʻligiga xavf tugʻilishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin emasligi taʼkidlangan. 

16-18 mart kunlari umumxalq hashari tashkil etiladi

2024 yil 16-18 mart kunlari Oʻzbekistonda Bosh vaziri farmoyishiga koʻra “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi.

Hashar Respublikada “Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladi.

Xayriya hasharini oʻtkazish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

“Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sugʻorish tizimini hisobga olgan holda daraxt koʻchatlari ekish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari (mahalliy byudjetlar daromadlarining choraklar yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizidan tashqari), homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mahalla fuqarolar yigʻinlari orqali aholiga bepul koʻchat tarqatish va daraxt ekish ishlarini tashkil etish;

- aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvariщ qilish hamda bogʻlarni koʻkalamzorlashtirish, ushbu hududlarda daraxtlar ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga aholining band boʻlmagan qatlamini ixtiyoriylik asosida jalb qilish;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish;

- mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli turar joylar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;

- obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlash;

- joylarda obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish jarayonida toʻplangan chiqindilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash.

Farmoyishda avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obʼektlari, kirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obʼektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sogʻligiga xavf tugʻilishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin emasligi alohida koʻrsatib oʻtilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid