platina.uz
Jamiyat

Toshkent yoʻllari piyodalarga moslashtiriladi

Prezident Toshkentdagi gavjum chorrahalar va koʻchalarni tartibga solish, tirbandlikni tartibga solish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. 

Toshkent yoʻllari piyodalarga moslashtiriladi

Toshkent yoʻllarini piyodalarga moslash choralari koʻriladi. Avtotransport vositlarini roʻyxatga olish va diagnostika markaziga tashrif chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahridagi gavjum chorrahalar va koʻchalarni tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimot qilindi.

Loyiha oʻz oldiga uchta asosiy vazifa qoʻygan - piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, oʻtkazish qobiliyatini oshirish va yoʻl transport hodisalari sonini kamaytirish.

Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi yirik chorrahada — Bobur va Furqat koʻchalari kesishmasida amalga oshirildi.

Piyodalar uchun chorrahada “xavfsizlik orolchalari” bunyod etildi, piyodalar oʻtish joyida svetoforni boshqarish uskunalari oʻrnatildi. Jamoat transporti bekatlari yoʻlovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirildi.

Shuningdek, chorrahaga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etildi.

Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning oʻtkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali boʻladi.

Prezident bu ishlarni kengaytirish, “shahar – piyodalar uchun” tamoyilini toʻliq roʻyobga chiqarish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Avvalroq ekologik vaziyatni mashinalar evaziga yaxshilash maʼlum boʻlgandi. Mashinalar ekologik tekshiruv natijasidan kelib chiqib "qizil", "sariq" yoki "yashil" toifalarga ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid