platina.uz
Jamiyat

Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi

Avvalgi hokim Toʻlqin Dadabayev sogʻligʻidagi muammolar sabab fevral boshida ishdan ketgandi. 

Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahriga hokim etib tayinlandi.

Hokim lavozimi Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tasdiqlangan.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Guliston shahar hokimi lavozimiga Xodjimanov Jamoliddin Xusnuddinovich nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori bilan u Guliston shahar hokimi etib tayinlandi.

Jaloliddin Xodjimanov 1987 yilda Sardoba tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2011 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit.

U mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida moliya va iqtisodiyot sohalarida turli tashkilotlarda masʼul vazifalarda ishlagan. Tayinlovga qadar Chilonzor tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

2019 yil fevraldan buyon Guliston shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Toʻlqinjon Dadabayev joriy yil fevral oyi boshlarida sogʻligidagi muammolar sabab oʻz arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgan, shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Gʻayrat Botirovga yuklangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid