Andijon shahri sobiq hokimi qamoqxonada vafot etdi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov vafot etdi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, sobiq hokim bugun, 5 mart kuni jazoni ijro etish muassasasida vafot etgan. U buyrak va yurak xastaligini boshdan kechirib, davolanayotgan boʻlgan.
Bahrom Haydarov 2022 yilda Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.