8 martga qoʻshimcha dam olish kuni berilmaydi
Haftasiga besh kun ishlaydiganlar mart oyida 13 kun dam oladi.

Oʻzbekistonliklarga 8 mart bayramida qoʻshimcha dam olish kuni berilmaydi.
2024 yil mart oyida yakshanba kunlarini hisobga olgan holda haftasiga 5 kun ishlaydigan Oʻzbekiston fuqarolari 13 kun dam oladi.
2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
8 mart, juma, keyin 9 va 10 mart shanba va yakshanba kunlari odatiy dam olish kuni sanaladi.
21 mart payshanba Navroʻz bayrami sanaladi. Shu munosabat bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt kun dam oladi: bular 21, 22, 23 va 24 mart kunlari.