Toshkent viloyatidagi portlashlarda ikki kishi qurbon boʻldi
Bir kishi esa shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgan, har ikkala hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi tuzilgan.

Toshkent viloyatida ikki baxtsiz hodisa ikki nafar fuqaro halok boʻldi. Bu haqida viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi eʼlon qilgan ikki buyruqda maʼlum qilingan.
Buyruqlar bir haftalik farq bilan, joriy yilning 21 va 27 fevral kunlari eʼlon qilingan.
Birinchi hujjatga koʻra, Toshkent tumanidagi Sabzavot mahallasidagi koʻp qavatli turarjoyda fuqaroviy tusdagi shartnoma asosida ishlayotgan S.S bolgarka bilan bochkani kesayotgan vaqtida chaqnash sabab vafot etgan.
Bundan tashqari, Chinoz tumanida gʻildiraklarni taʼmirlash uchastkasida ikki usta yuk mashinasi gʻildiragini taʼmirlayotganda u portlab ketgan. Oqibatda ustaxonadagi haydovchi X.X vafot etgan va D.N Chinoz tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Har ikkala hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi tuzilgan va oʻrganilishi belgilangan. Maxsus tekshirish komissiyasi baxtsiz hodisa sabablarini oʻrganadi va tegishli joylarga taqdim etadi.