Navroʻz bayrami sabab aviachiptalarga chegirma eʼlon qilindi
Chegirmalar mahalliy yoʻnalishlar uchun 30 foiz miqdorida taqdim etiladi.

Navroʻz bayrami munosabati bilan aviachiptalar uchun chegirma eʼlon qilindi.
Aytilishicha, Uzbekistan Airways 21-24 mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qildi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ham Navroʻz bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways 2023 yilning 18 martidan 22 martigacha Oʻzbekiston boʻylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflariga 21 foiz chegirma eʼlon qilgandi.