platina.uz
Jamiyat

Daraxtkushlik uchun yana yangi jazolar kiritildi

Ekologiya boʻyicha rosa shov-shuv koʻtargan vazirlik va poytaxt hokimligi oradan bir oydan koʻp vaqt oʻtgan boʻlishiga qaramay, rejalarini oshkor qilmadilar.

Daraxtkushlik uchun yana yangi jazolar kiritildi

Prezident 29 fevralda imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun maʼmuriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida"gi qonunda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslarning qonunga xilof ravishda kesilgan daraxt va buta oʻrniga kompensatsiyaviy daraxt va buta koʻchatlarini aynan daraxt va buta kesilgan joyga ekish hamda ularni 3 yil davomida parvarish qilish majburiyati belgilandi.

Shuningdek, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesganlik yoki yoʻq qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan, yaʼni 1 martdan kuchga kirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid