Buxorodagi mashina doʻkonida portlash boʻldi
Oqibatda bir fuqaro voqea joyida xalok boʻlgan va yana bir kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Buxorodagi mashina doʻkonida portlash sodir boʻldi. FVV hodisa tafsilotlarini ochiqladi.
1 mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish koʻchasida joylashagan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari doʻkonining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.
Chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yongʻin sodir boʻlmagan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida xalok boʻlgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yongʻin-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avval Olmaliqda baxtsiz hodisa sabab uch nafar hindistonlik halok boʻlgandi.