platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar IIBBga yangi binolar quriladi

Buning uchun yer ajratish boʻyicha poytaxt hokimi qarori imzolandi.

Toshkent shahar IIBBga yangi binolar quriladi

Toshkent shahar IIBB yangi binoga koʻchadi. Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov boshqarmaga yer maydoni ajratib berish boʻyicha qarorni imzoladi.

Hujjatga koʻra, IIBB uchun Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 mavzesi, 11-uy yonida joylashgan aholi punktlaridan 0,23 gektarli yer maydoni ajratiladi.

Bu yerda maʼmuriy bino, koʻp qavatli turarjoy, bolalar maydonchasi va boshqalar barpo etiladi.

Oʻzbekiston Yer kodeksining 36-moddasiga koʻrsatib oʻtilgan holatlar yuzaga kelganda, ushbu qaror belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Qaror ijrosini nazorat qilish hokimning birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov zimmasiga yuklangan.

Eslatib oʻtamiz, avval Shavkat Umrzoqov toshqinlarga qarshi va drenaj tizimi uchun pul ajratgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid