platina.uz
Jamiyat

Sirdaryo hokimi qarzlar toʻlovi uchun qariyb 3,5 mlrd. soʻm ajratdi

Mablagʻlar viloyatda amalga oshirilgan qator qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida yuzaga kelgan qarzdorliklarni yopishga sarflanadi.

Sirdaryo hokimi qarzlar toʻlovi uchun qariyb 3,5 mlrd. soʻm ajratdi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev farmoyishi bilan mahalliy byudjetdan 3 mlrd. 454 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

Mablagʻlar viloyatda amalga oshirilgan qator qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida yuzaga kelgan qarzdorliklarni yopishga sarflanadi.

Ushbu pullar viloyat byudjeti erkin mablagʻlari hisobidan "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka ajratiladi.

Davlat moliyaviy nazorati viloyat boshqarmasi pullarning sarflanishini nazorat qiladi.

Avvalroq adliya vaziri Akbar Toshqulov mablagʻ ajratish boʻyicha buyruqni imzolagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid