Koʻz nurlaringizni ekran nurlariga almashtirmang: olimlardan oʻnta muhim tavsiya
Chorak asrdan soʻng dunyo boʻylab taxminan 895 million odam koʻrish qobiliyati pasayishidan aziyat chekadi. Bu oʻtgan 30 yil ichidagi oʻzgarishdan 150 baravar yuqori deganidir.

“The Lancet” (jamoat salomatligi va global sogʻliqni saqlash tadqiqotchilarining dunyodagi yetakchi manbasi) hisobotlariga koʻra, 2050 yilga kelib butun dunyo boʻylab taxminan 895 million odamda koʻrish qobiliyati pasayishidan aziyat chekadi. Bu oʻtgan 30 yil ichidagi oʻzgarishdan 150 baravar yuqori degani. Taxminan 65 yoshdan keyin 90% insonda kataraktda yuzaga kelib, 75-85 yoshlilar katarakta oqibatida qisman koʻrish qobiliyatini yoʻqotadi. 80 yoshga kelib har 8tdan 1 ta odamda glaucoma rivojlanadi. Bularning asosiy sababi qilib, hozirgi kunda odamlarning gadjetlarga “yopishib” qolganini koʻrsatsa boʻladi. Ammo shunday boʻlsa ham quyidagi koʻrsatmalar yordamida bu muammolarni bartaraf qilish yoki vaqtida oldini olish mumkin:
1. Ultrabinafsha nurlariga qarshi koʻzoynak taqing.
Inson terisi ultrabinafsha nurlanishining yagona qurboni emas. Ushbu koʻrinmas nurlar koʻz kataraktasiga duchor boʻlish ehtimolini oshiradi. “UBdan 100 foiz himoya” yoki “UB 400dan 100 foiz himoya” degan yorliqli quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklarni taqib yurish tavsiya qilinadi.
Bunday koʻzoynaklarni tanlashda ehtiyot boʻlish lozim. Chunki Nyu-York shahrida yashovchi optometrist Andrea Tau: "UB nurlarini toʻgʻri filtrlamaydigan qora linzalar umuman quyoshdan himoya boʻlmaganidan ham yomonroqdir", deydi. Qora linza taʼsirida koʻz qorachigʻi kengayadi va koʻz yanayam koʻproq ultrabinafsha nurlanishiga duchor boʻladi.
2. Toʻgʻri ovqatlanishga eʼtibor bering!
Sabzi isteʼmol qilish eng samarali usullardan biri, ammo toʻq yashil bargli klechatkaga boy boʻlgan sabzavotlar (ismaloq, karam, koʻkatlar) lutein va zeaksantin kabi antioksidantlarga boy ekani bilan koʻrishni himoya qiluvchi kuchdir.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu oziq moddalari yuqori energiyali nurni toʻsib qoʻyadi, bu esa retinal hujayralarga zarar yetkazadi va koʻrishni himoya qilishga yordam berib, yoshga bogʻliq koʻz kasalliklari rivojlanishini oldini oladi. Tuxum lutein va zeaksantinning yana bir ajoyib manbaidir. Sabzi, kartoshka, sariyog ', qovoq va qizil bulgʻor qalampiri bilan tarelkangizga koʻproq rang qoʻshing. Apelsin va qizil sabzavotlar ham beta-karatinga boy boʻlib, organizm yaxshi koʻrish uchun zarur boʻlgan A vitaminini ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, Dengiz mahsulotlari: qizil ikra, orkinos va sardalya baliqlarida mavjud boʻlgan omega-3 yogʻ kislotalari yogʻ ishlab chiqarishni koʻpaytirishi va quruq koʻzning oldini olishga yordam berishi haqida faktlar mavjud. Yongʻoq, dukkakli mahsulotlar ham ovqatlanish ratsioningizda boʻlishi nur ustiga aʼlo nur.
Agar sizning kundalik likopchangizda asosiy vitaminlar yoki ozuqa moddalari yetishmayotgan boʻlsa yoki sizda tanqislik aniqlangan boʻlsa, shifokoringizdan qoʻshimchalar qoʻshish haqida soʻrang.
3.Badantarbiya
Diqqat, dangasalar, eʼtibor bering. Oftalmologiya jurnalida chop etilgan Shvetsiya tadqiqoti 45 yoshdan 83 yoshgacha boʻlgan 52 660 nafar ishtirokchida jismoniy faoliyatning muayyan turlari, jumladan, yurish va yoshga bogʻliq katarakta xavfini kamaytirish oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganib chiqdi. Bu tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, koʻz kasalliklari omma orasida harakatsizlik darajasi ortib borayotgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini aytishdi. Yana bir Los-Anjeles Kaliforniya universiteti tadqiqotiga koʻra, tez-tez yurib turish ham glaukoma bilan kasallanish xavfini kamaytirishi mumkin, bunda insonlar orasidagi eng faollar qolganlarga qaraganda 73 foizga kamroq kasalliklarga duchor boʻlisharkan.
Bunda foyda faqat bir tarafli emas. Jismoniy mashqlar 2-toifa diabet, yurak xastaligi va yuqori qon bosimi rivojlanish xavfini kamaytiradi, bularning barchasi kataraktani oldini olishga yordam beradi. Koʻrish qobiliyatini kuchaytiruvchi effektga erishish uchun siz koʻp ter toʻkishingiz shart emas: haftada kamida toʻrt marta 20 daqiqalik yurish ancha samarali boʻladi.
4. Uyqu soatini toʻgʻirlang!
Ha, tashqi tomondan, qizargan koʻzlar va shishgan qovoqlar koʻzni uzoq vaqt yummaslikning yoqimsiz oqibatlari boʻlishi mumkin, ammo yetarlicha dam olmaslik koʻz ichki sogʻligʻiga ham putur yetkazadi. Uyqu- suyuqlik aylanib yuradigan, koʻzlaringizni namlaydigan va keyingi kun uchun tetiklashtiradigan vaqt. Kechasi besh soatdan kamroq uxlansa, koʻz atrofidagi mushaklar yetarli darajada dam olmaganida paydo boʻladigan yorugʻlikka sezgirlik va xira koʻrishdan tortib quruq koʻz va beixtiyor burishishlar (miokimiya deb ataladi)gacha boʻlgan nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
5.Koʻzingizga dam bering
Agar siz kompyuter ekraniga koʻp tikilayotgan boʻlsangiz yoki diqqatni jamlashni talab qiladigan boshqa vazifani bajarayotgan boʻlsangiz, koʻzingizga dam berish uchun tez-tez tanaffus qiling. 20-20-20 qoidasini sinab koʻring: har 20 daqiqada ekrandan uzoqroqqa nazar tashlang, kamida 20 soniya davomida 20 fut masofadagi narsaga diqqatingizni qarating. Yuqori va pastki qovoqlaringiz bir-biriga tegib turganiga ishonch hosil qiling. Bu koʻzlaringiz yuzasini namlovchi yangi koʻz yoshlar qatlamini yoyishga yordam beradi.
Haddan tashqari yorugʻlik koʻzlarni zoʻriqtirishi mumkin, bu esa monitordagi narsalarni koʻrishni qiyinlashtiradi. Tepadagi yorugʻlikning bir qismini oʻchirish yoki ekranga porlashga qarshi qoplama qoʻyishni oʻylab koʻring. Ekranni bir qoʻl uzunligida uzoqroq tuting va uning toʻgʻri balandlikda ekanligiga ishonch hosil qiling. Monitor yuqori qismi koʻz darajasida boʻlganda u togʻri balandlikda turgan boʻladi.
6.Koʻz gigiyenasiga amal qiling
Qanchalik charchagan boʻlsangiz ham, ertalab koʻzda yoqimsiz qichishish xususiyati paydo boʻlishining oldini olish uchun yotishdan oldin koʻzda boʻyoqlar boʻlsa, tozalash kerak. Makyaj yogʻ bezlarini yopib qoʻyadi va ular tiqilib qolsa, yogʻ ishlab chiqarmaydi. Koʻz yoshlari bugʻlanadi va bu ham quruq koʻzlar va yalligʻlanishni keltirib chiqaradi. Kun davomida qovoqlar atrofida toʻplangan qoldiqlarni yoʻqotish uchun iliq suv bilan suyultirilgan kosmetik gel yoki bolalar shampuni bilan qovoqlaringizni tozalang va yumshoq massaj qiling.
Undan tashqari makiyajingiz uzoq vaqt davomida qolishiga yoʻl qoʻymang. Konservantlar parchalanib bakteriyalar oʻsishiga imkon beradi – koʻz ichidan tirnalish yoki xavfli infeksiya tushishiga olib keladi. Koʻpgina kosmetika vositalarining yaroqlilik muddati yoki ochilgandan keyingi davr (PAO) belgisi mavjud boʻlib, u mahsulot ochilgandan keyin qancha vaqt davomida foydalanish xavfsiz ekanligini koʻrsatadi. Ammo unutmangki, mahsulot shu sanaga yetguncha ham yomonlashishi mumkin. Agar formulada biror narsa oʻzgargandek boʻlib tuyulsa - aytaylik, oldingidan boshqacha hid yoki rang oʻzgarishi - uni darhol tashlab yuboring.
Kontakt linzalari taquvchilar ayniqsa, ularni saqlashda ehtiyot boʻlishlari kerak. Kirli linzalar koʻz infeksiyasini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun ularni kechasi tozalang, soʻngra ularni koʻzlarga kiritishdan oldin steril fiziologik eritma bilan yuving. Yana bunday linzalar bilan ishlashdan oldin qoʻllaringizni yaxshilab yuvish va quritishni unutmang. Kontakt linzalari qutisi har uch oyda bir marta almashtirilishi kerak.
7. Muntazam ravishda shifokor koʻrigidan oʻting!
Har ikki yilda bir marta umumiy koʻz tekshiruvidan oʻtish zarur. Agar sizning oilangizda koʻz kasalligi, ayniqsa glaukoma boʻlsa, yiliga bir marta koʻzni tekshirishingiz tavsiya qilinadi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kattalarning deyarli 70 foizi birlamchi tibbiy yordam shifokori yoki oilaviy tibbiyot shifokoriga muntazam ravishda murojaat qilsalar ham, soʻralganlarning atigi 52 foizi muntazam ravishda koʻzni parvarish qilish boʻyicha mutaxassisga murojaat qilishadi. Bu muammoli, chunki katarakta, diabetik retinopatiya, glaukoma va makula degeneratsiyasi kabi yoshga bogʻliq koʻz kasalliklari erta tashxis qoʻyilsa va davolansa, koʻproq natija beradi.
Oftalmolog yoki optometrist koʻrigiga borib koʻz obʼektivini, toʻr pardasini va optik nervni yaqindan tekshirish orqali koʻplab tizimli kasalliklarni aniqlashi mumkin - yuqori qon bosimi, diabet va boshqalar.
8. Yigʻlab turish ham zarar qilmaydi
Koʻz yoshlari koʻzlarni namlaydi, sogʻlom saqlaydi va koʻrish kristalli tiniq boʻlishiga yordam beradi. Maʼlumot uchun, 50 yoshdan keyin koʻz yoshi ishlab chiqarish kamayadi yoki ular ishlab chiqaradigan koʻz yoshlari tarkibi sifatsiz va juda tez bugʻlanishga moyil boʻladi. Baʼzi tibbiy sharoitlar (masalan, revmatoid artrit va diabet) va baʼzi dorilar (jumladan, antigistaminlar va qon bosimi dorilari) koʻzlar qurib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Eʼtibor berganmisiz baʼzida koʻzlaringizda qichishish, qizarish yoki achishish hissi paydo boʻlishi mumkin – bunda qorachiqlaringiz koʻz Yoshi istab ularni shu orqali sunʼiy paydo qiladi.
Shunchaki koʻproq suv ichish ham koʻzlaringizni yaxshi namlanishiga yordam beradi. Triglitserid shaklida omega-3 baliq yogʻi qoʻshimchalari ham simptomlarni yengillashtirishga yordam beradi. Yana bir maslahat: Uydagi havo namligini koʻtaring, toʻshagingiz yonida havo namlantiruvchi bilan uxlang.
9. Qonda qand miqdori oshib ketmasin!
Qandli diabet - 1 yoki 2-toifa diabet bilan ogʻrigan odamlar diabetik retinopatiya deb ataladigan kasallik xavfi ostida boʻlib, unda doimiy ravishda koʻtarilgan qondagi shakar darajasi koʻzning toʻr pardasidagi qon tomirlariga, orqa qismidagi nozik toʻqimalarga zarar yetkazadi. Uning dastlabki bosqichlarida sizda borligini hatto bilmasligingiz ham mumkin. Ammo u yomonlashgani sayin, sizning koʻrish qobiliyatingizga taʼsir qiladi. Tunda yomon koʻrish, koʻrishda qorongʻu yoki boʻsh joylar yoki xira koʻrinadigan ranglar paydo boʻlishi mumkin. Agar nazorat qilinmasa, bu koʻrishning qisman yoʻqolishiga olib kelishi mumkin.
Sogʻlom ovqatlanishga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Bu shakar va tozalangan uglevodlarni chiqarib tashlashni anglatadi - va ha, qayta ishlangan ovqatlardan uzoqroq turing. Oʻrta yer dengizi diyetasiga rioya qilish - tovuq va baliq, kraxmalli boʻlmagan sabzavotlar va mevalar kabi yogʻsiz oqsillar - idealdir. Vazningizni ham kuzatib boring. Ortiqcha kiloni olib yurish, ayniqsa qorin boʻshligʻida, insulinni oshirishi mumkin.
10. Chekmang!
Agar siz chekish odatingizni tashlashda qiynalayotgan boʻlsangiz, motivatsiya uchun quyidagi faktlardan foydalaning: chekuvchi odamda chekmaydigan odamga qaraganda kataraktani rivojlanish ehtimoli ikki-uch baravar koʻproq. Agar sizda yoshga bogʻliq koʻz kasalliklarining dastlabki belgilari boʻlsa, chekish uning rivojlanish xavfini oʻn barobar oshiradi. Nega? Boshqa sabablarga koʻra, sigaretada oksidlovchi stressni keltirib chiqaradigan va toʻgʻri qon oqimining koʻzga yetib borishini toʻasadigan yuzlab toksinlar mavjud. Sigaretdagi bezovta qiluvchi tutun koʻz yoshi plyonkasiga zarar yetkazishi mumkin, bu koʻzlarning qurib ketish xavfini oshiradi (chekish bilan bogʻliq boshqa koʻplab sogʻliq muammolarini hisobga olmaganda albatta).
Gulnoza Qodirova tayyorladi.