platina.uz
Jamiyat

Suv xoʻjaligi vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Hozirgacha vazirlikda bu lavozimlar boʻsh turgan edi.

Suv xoʻjaligi vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Suv xoʻjaligi vaziriga birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida maʼlumot berildi.

Xususan, Butunbayev Timur Nuryigitovich suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bungacha u vazir oʻrinbosari sifatida ishlagan.

T.Butunbayev 1986 yil 6 noyabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2009 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB tergovchisi sifatida boshlagan. 2010-2017 yillarda Ichki ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2024 yillarda Prezidenti administratsiyasida masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

Quvondiqov Habibulla Otaqulovich esa vazir oʻrinbosari etib tayinlandi. 2023 yil iyuldan beri bu lavozim boʻsh turgandi.

H.Quvondiqov 1978 yil 13 iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, moliya-kredit, moliyaviy tahlil, sugʻurta, umumiy menejment, MBA Biznes boshqaruvi.

1999 yilda Toshkent Moliya institutini, 2006 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid