platina.uz
Jamiyat

DXX advokat, transport boshqarmasi va hokimlik xodimini ushladi

Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming AQSh dollari bilan, transport boshqarmasi xodimi esa davlatning “ISUZU” avtobusini sotayotganda qoʻlga olindi. 

DXX advokat, transport boshqarmasi va hokimlik xodimini ushladi

DXX tezkor tadbirlarda advokat, transport boshqarmasi bosh mutaxassisi va hokimlik xodimining noqonuniy harakatlariga chek qoʻydi.

Jumladan, DXX Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahridagi advokatlik byurosi advokati, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida, prokuratura organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yengillik yaratib berish evaziga 100 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Transport boshqarmasining Tenderlar oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi Forish tumanida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy korxonaga davlat tomonidan berilgan “ISUZU” avtobusini sotish huquqi boʻlmasada, jismoniy shaxsga 6,6 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chinoz tumani hokimligi xodimi tumandagi kam taʼminlangan oilalarga imtiyozli kredit asosida berilgan uylardan birining egasini xabardorligisiz, u kredit toʻlovlarini amalga oshirmayotganligini roʻkach qilib, ushbu xonadonni bank balansiga qaytarish orqali, boshqa bir fuqaro nomiga egalik huquqini beruvchi qaror chiqartirib, kredit rasmiylashtirib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, avval DXX Guliston tumanining sobiq hokimini qoʻlga olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid